Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Guliston mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Guliston mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Jumonova Saodat Isoqovna tomonidan Guliston mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Rahmonov G‘olibjon Murodovich — MFY raisi;
🔹 Normamatov Ma’ruf Normamatovich — hokim yordamchisi;
🔹 Mustafoyeva Sanoat Dusmurodovna — xotin-qizlar faoli;
🔹 Akramov Maqsud — ijtimoiy xodim;
🔹 Qurbonov Erkin — nuroniy;
🔹 Ro‘ziyev Safiddin — nuroniy;
🔹 Qurbonov Raim — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini manzilli o‘rganish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, doimiy daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
🤝 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari va amalga oshirilayotgan loyihalar holati o‘rganilib, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilanadi.
📍 Mazkur ishlar deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 1