Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida mavjud muammolar va qonunchilik ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugi hududida o‘tkazildi. Mazkur saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholining dolzarb masalalarini o‘rganish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputat Z.G‘ofurova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yo‘rmado‘z mahallasida 6 337 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda jami 738 ta xonadon va 506 ta oila mavjud. O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining mavjud muammolari, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda fuqarolarning murojaat va takliflariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi bilan ishlash, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etish va ularning ijrosini nazorat qilish masalalari yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘. Jumaboyev bilan fikr almashildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan masalalar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish choralari belgilandi.

Bu kabi o‘rganishlar, ayniqsa deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan hududlarda, aholining muammolarini e’tiborsiz qoldirmaslik, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va mahalliy Kengashning jamoatchilik nazoratidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5