Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R. Ruzibayev tomonidan Xiva tumanidagi Al-Xorazmiy mahallasida hokim yordamchisi faoliyati, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 Mahallada jami 1 134 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 6 487 nafar aholi istiqomat qiladi. Yil boshidan Kambag‘allik reyestriga kiritilgan 156 nafar fuqarodan 87 nafari (55,8 foiz) reyestrdan chiqarilgan. Hozirda 69 nafar fuqaro reyestrda qolgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

 Shuningdek, yil boshida 187 nafar ishsiz fuqarodan 131 nafarining (70,1 foiz) bandligi ta’minlangan. Mahalladagi 67 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarodan 55 nafari (82,1 foiz) mehnat faoliyatiga jalb etilgan.

 O‘rganish yakunida qolgan ishsiz va kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4