Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Termiz shahar FHDYO bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida bo‘lim mudirasi bilan uchrashilib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining holati hamda mavjud ish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga zarur tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, xizmatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining FHDYO xizmatlaridan foydalanishida qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashish hamda har bir murojaatning mazmunan ko‘rib chiqilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida FHDYO bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik nazorati doirasida tizimli davom ettirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 2