Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Deputat so‘rovi natijasida murojaat ijobiy yechim topdi

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularni joyida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 17-Navro‘z saylov okrugi Ariq bo‘yi MFYdagi Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ham ana shunday deputatlik nazorati asosida ijobiy hal etilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan fuqarolar tomonidan yo‘lni asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat bildirilgan. Murojaat deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammo va aholining ehtiyoji asosida Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosari nomiga rasmiy deputat so‘rovi yuborilgan.

O‘rganish va deputat so‘rovi natijasida Kanal bo‘yi ko‘chasi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatga kiritilgan. Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori asosida shakllantirilgan.

Bugun esa fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala amaliy bosqichga o‘tdi — Kanal bo‘yi ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishida Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev, deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda mahalla raisi ishtirok etdi.

O‘rganish davomida yo‘l ta’mirlash ishlarining belgilangan manzil bo‘yicha amalga oshirilishi, ishlarning amaldagi holati va sifati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarish, yakuniy natijaga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Eng muhimi, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat deputatlik nazorati orqali tegishli tashkilotlarga yetkazilibgina qolmay, uning amaliy ijrosi ham kuzatib borilmoqda. Bu esa deputat so‘rovi — aholi muammosini aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va natijasini nazorat qilishning samarali vositalaridan biri ekanini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 8