Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Doimiy komissiyalar a’zolari bilan aholi bandligi masalasi muhokama qilindi

Doimiy komissiyalar a’zolari bilan aholi bandligi masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Kengash Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirok etdi. Unda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlarini ishga joylashtirish hamda ish beruvchilar tomonidan belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun jami 2 042 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish nazarda tutilgani, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolari, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar va boshqa toifalarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish, ularni saqlash va ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartiblariga e’tibor qaratildi.

Yakunida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va belgilangan vazifalar ijrosini doimiy komissiyalar tomonidan nazorat qilib borish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 6