Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#doimiy_Komissiya
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 6-sonli DMTTda ta’lim sifati va kuz-qish mavsumiga shaylik o‘rganildi

✅Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi O.Ishpo‘latov, deputat B.Yo‘ldoshev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tumandagi 6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdilar.

✅O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Monitoring jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, taomlar sifati, sanitariya holati hamda muassasa isitish tizimining kuz-qish mavsumga tayyorlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va mavsum davomida barqaror harorat rejimini saqlash bo‘yicha bog‘cha rahbariyatiga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1