Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 2-Shalxar saylov okrugi deputati K.Narchayev tomonidan Shalxar OFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘chalar va yo‘l bo‘ylarining holati, tashqi yoritish tizimi, yoritish ustunlarining sozligi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yo‘l belgilarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, ayrim ko‘chalarda mavjud yoritish ustunlarini ta’mirlash, ularga yoritish moslamalarini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar tomonidan maxsus texnika yordamida yoritish ustunlarida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshirilayotgani kuzatildi.

Shuningdek, yo‘l belgilari va ularning atrofi tartibga keltirilishi, belgilarni ko‘rinadigan va foydalanish uchun qulay holatga keltirish masalalari ham o‘rganildi. Bu kabi ishlar, avvalo, hudud aholisi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, tungi vaqtda ko‘chalarning yoritilishini yaxshilash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va bajarilgan ishlarning natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5