Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#deputat_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

#okrugda_o‘rganish

“Quduqsoy” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK IJROSI VA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini bevosita xonadonlarda tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Quduqsoy" MFYda bo‘lib,ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay yurgan holda fuqarolar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

  1. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi:

Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti va kommunal infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi;

 2. Aholi murojaatlari va xonadonbay tahlil:

Nuroniylar va mahalla ahli bilan muloqot o‘tkazilib, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak, ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalari o‘rganildi;

 3. Qonunchilik va tavsiyalar nazorati:

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning mahalladagi ijro etilishi holati chuqur tahlil qilindi.

 AMALIY YECHIM VA QAT’IY NAZORAT:

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga DEPUTATLIK SO‘ROVLARI yuborilishi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilandi.

"Deputatning o‘rni — xalq orasida! Har bir xonadonga kirib, aholi dardi bilan yashash va muammolarga amaliy yechim topish bosh maqsadimizdir!

Slide 1 of 1