Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
“Tug‘onboshi” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Oquylik ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi G.Sarimsoqova farzandining sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat sababli uni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishda yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, fuqaroning farzandi 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qisqa muddatli tayyorlov guruhiga qabul qilinishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4