Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
“Chegara” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugi hududidagi “Chegara” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlashning amaldagi holati, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalar va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!