Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🟢 O‘rganish davomida, avvalo, mahalla xotin-qizlar faoli Sayfullayeva Lobar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi ayollar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
📊 Bugungi kunda “Qo‘rg‘on” MFY hududida jami 1 382 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan:
·         0–2 yosh — 50 nafar;
·         3–6 yosh — 117 nafar;
·         7–17 yosh — 271 nafar;
·         18–30 yosh — 288 nafar;
·         31–55 yosh — 435 nafar;
·         56–69 yosh — 157 nafar;
·         70 yoshdan yuqori — 91 nafar.
💼 Mahallada avval 55 nafar xotin-qiz ishsiz sifatida qayd etilgan bo‘lib, olib borilgan ishlar natijasida 40 nafari ish bilan ta’minlangan yoki o‘zini o‘zi band qilgan.
🟢 Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan:
·         6 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol bilan manzilli ishlar olib borilmoqda;
·         2 nafar ayolga qarovchi biriktirilgan;
·         9 nafar tarbiyasi og‘ir ayol bilan profilaktik va individual ishlar olib borilmoqda;
·         7 nafar boquvchisini yo‘qotgan ayol qo‘llab-quvvatlanmoqda;
·         12 nafar ayol tadbirkorlik faoliyati bilan band;
·         7 nafar ayol mehnat migratsiyasida;
·         33 nafar ayolning oilasida notinchlik holatlari mavjudligi qayd etilgan.
🟢 Ayniqsa, xotin-qizlar faoli tomonidan muammoli oilalar, tarbiyasi og‘ir ayollar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
🟢 O‘rganish yakunida deputat N.To‘ychiyev tomonidan xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda notinch oilalar va tarbiyasi og‘ir ayollar bilan manzilli ishlarni kuchaytirish, ularni tegishli ro‘yxatlardan chiqarish choralarini ko‘rish, shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan ayollarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🟢 Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
⚠️ Xotin-qizlar bilan manzilli va tizimli ishlash — oilalar farovonligi, ayollar bandligi va mahalladagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1