Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 44-SES­SIYASI BO‘LIB O‘TDI

Jumladan:
🔹 bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

🔹 tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasidagi ishlar;

🔹 tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 2026-yilda belgilangan vazifalar ijrosi hamda hududda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

🔹 mahalliy budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi;

🔹 Kengash deputatlarining 2026-yil IV choragida saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlarning ijrosi Kengash tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olinadi.

Kengash faoliyatining asosiy maqsadi — hududdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ularning yechimiga ko‘maklashish va aholi manfaatlarini ta’minlashdir.

Slide 1 of 3