Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Qozoq Nayman mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi

🏘 Qozoq Nayman mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nurmamatova Sadoqat To‘g‘ayevna tomonidan Qozoq Nayman mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📊 Mahalladagi mavjud holat:
🔹 Ijtimoiy reestrda — 41 ta oila;
🔹 Shundan davlat ta’minotidagi — 15 ta, kambag‘al — 26 ta oila;
🔹 39 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ishga joylashtirish yoki faoliyatini qonuniylashtirish;
🔹 Uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 113 nafar fuqaroning oilalari bilan manzilli ishlash.
📋 Ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha:
🔹 23 nafar fuqaroning ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
🔹 1 nafar fuqaro uchun ta’lim xizmatlarini tashkil etish;
🔹 21 nafar fuqaro uchun tibbiy xizmatlarni tashkil etish;
🔹 Ijtimoiy reestrdagi 7 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash choralarini ko‘rish.
💼 Bandlik va daromadlarni oshirish:
Mahallada 10 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish, ishsiz fuqarolarni doimiy bandlikka jalb etish hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
🏗 Infratuzilma bo‘yicha:
“Qozoq Nayman” mahallasida infratuzilmani yaxshilash va mahallalarni bog‘lovchi ichki yo‘lni ta’mirlash doirasida:
⚡️ 1 dona transformator podstansiyasini mukammal ta’mirlash;
🔌 1,8 km elektr uzatish tarmog‘ini mukammal ta’mirlash;
🧹 ichki ko‘chalarni tozalash va obodonlashtirish;
💧 ariqlarni tozalash ishlari rejalashtirilgan.
⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturi asosida “Qozoq Nayman” podstansiyasini 100 kVli podstansiyaga o‘zgartirish loyihasini amalga oshirish belgilangan.
💻 Mahalla hududida yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha bino va inshootlarini barpo etish hamda tadbirkorlar tomonidan bolalar o‘yingohi tashkil etish rejalashtirilgan.
📅 Belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftada monitoring qilinib, natijalar deputatlik nazorati asosida tahlil etib boriladi.
🤝 Maqsad — mahalladagi har bir oilaning muammosini manzilli o‘rganish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi uchun munosib ijtimoiy sharoit yaratish. 

Slide 1 of 1