Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ushbu qonun loyihasi bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlar va yangiliklar:
14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinsiy jinoyatlar (nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Jahon axborot tarmog‘idan (Internetdan) foydalangan holda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda yangi javobgarlik choralari joriy etilmoqda.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik holatlarini (MJtKning 41¹-moddasi) ko‘rib chiqishning alohida tartibi o‘rnatilmoqda. Jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan holatlarning ma’muriy huquqbuzarlik sifatida yashirib qolinishi oldini olish maqsadida materiallar 1 kun ichida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuboriladi.
Jinsiy erkinlik va oilaga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning maxsus reyestri ma’lumotlaridan foydalanish hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan tashkilotlarda nazorat mexanizmlari kuchaytirilmoqda.