Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#_162_ta_qonun
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili


2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-598) mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonunning asosiy maqsadi mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga ko‘ra, investitsiya faoliyati qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, investorlar huquqlarining tengligi va ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu esa mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini shakllantirish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Mazkur qonun investorlarga o‘z mablag‘larini erkin joylashtirish, investitsiya obyektlarini tanlash, olingan daromadlardan erkin foydalanish hamda qonunchilikda belgilangan kafolat va imtiyozlardan foydalanish huquqini beradi. Shu bilan birga, investorlar qonun hujjatlariga rioya etishi, atrof-muhitni muhofaza qilishi va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi lozim.

Qonunda investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham belgilangan. Xususan, investorlar faoliyatining barqarorligi, mulk daxlsizligi, investitsiyalarni himoya qilish hamda nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kafolatlari mustahkamlangan. Bugungi kunda mazkur qonun asosida yurtimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini taʼminlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1