Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari 3-“Yoshlik” okrugi deputati S.Samatov va 22-“Taraqqiyot” okrugi deputati
O‘zXDP a’zosi J.Kamolxodjayev tomonidan Bekobod shahar 5-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Mazkur maktabda joriy yilning yoz mavsumida kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, isitish tizimi ham butunlay yangicha tizimga o‘tkazildi. Biroq, o‘rganish jarayonida yangi o‘rnatilgan isitish qozonlari ishchi holatga keltirilmagan va sinf xonalaridagi issiqlik reestrlariga issiqlik yuborish tizimiga ulanmagan. Buning ustiga Bekobod shahri kuchli shamol mintaqasiga oid bo‘lganligi uchun issiqlik qozonlari, quvurlari va gaz uskunasi atroflari devor bilan o‘ralmagan. Oqibatda qishning sovuq kunlari gazni o‘chib qolishi va issiqlikning behudaga sarflanishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olib qurilish va ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘lgan shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 4