Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Mahallada ichimlik suvi tarmog‘ining tortish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tumanning Aydarali mahallasida joylashgan Chumchuqzor va Zavqiy ko‘chalariga homiylik mablag‘lari hisobidan tortilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ining qurilish ishlari bilan tanishdi.

🔵O‘rganish davomida mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholi xonadonlariga sifatli va barqaror ichimlik suvini yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida jami 1 500 metr ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. Tarmoqni barpo etish uchun zarur bo‘lgan suv quvurlari tuman hokimligi tomonidan ajratib berilgan.

🔵Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan maxsus texnikalar homiylik asosida jalb qilingan. Bu esa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan. O‘rganish jarayonida suv quvurlarini belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha yotqizish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish va tarmoqni aholi uchun samarali xizmat ko‘rsatadigan holatga keltirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Homiylik mablag‘lari va ajratilgan moddiy resurslardan maqsadli foydalanish, jalb qilingan texnikalardan samarali foydalanish hamda qurilish jarayonida aholi uchun ortiqcha noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi

Slide 1 of 1