Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala #162_qonun 🤝 “Turon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

📌 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodovaning saylov okrugiga qarashli “Turon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 Asosiy e’tibor keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yakka-yolg‘iz va parvarishga muhtoj fuqarolar, shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlarga qaratildi.

📋 Jumladan:

🔹 ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish;
🔹 keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash;
🔹 yakka-yolg‘iz hamda parvarishga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish;
🔹 ehtiyojmand oilalarni zarur ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish;
🔹 fuqarolarning murojaatlari va muammolarini o‘rganish;
🔹 aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish holati tahlil qilindi.

📚 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mahalladagi ijtimoiy xodim bilan suhbat davomida qonunda belgilangan vazifalarni joylarda amaliy ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni aholiga manzilli va sifatli yetkazish, ehtiyojmand fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning muammolariga yechim topish masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

🤝 Ijtimoiy himoya — inson qadrini ta’minlashning muhim omili. Shu bois mahallalarda ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan individual ishlash hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

📌 Asosiy maqsad — har bir ehtiyojmand fuqaroning muammosini eshitish, zarur ko‘makni o‘z vaqtida yetkazish va mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini ta’minlash.