Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA

HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA

Namangan shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mavjud muammolarini xonadonbay o‘rganish hamda zarur ko‘makni manzilli tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov tomonidan “Guzar” mahallasida istiqomat qiluvchi “Davlat ta’minotidagi oilalar” xonadonlarida bo‘lib, oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, mavjud ehtiyojlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.

Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, mavjud ehtiyojlari va murojaatlari tinglandi.

Har bir oilaning holatidan kelib chiqib, zarur ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni manzilli tashkil etish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat choralari belgilandi.

Bunday xonadonbay o‘rganishlar orqali aholining ehtiyojlarini bevosita joyida aniqlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijtimoiy ko‘makning manzilliligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. 2026-yildan Ijtimoiy reyestr tizimida oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yanada takomillashtirilgan.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-415-son, 2016-yil 26-dekabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.
  

Slide 1 of 4