Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
KURASHXONA” SUV INSHOOTINING QUVVATI 100 MING KUB METRGACHA OSHIRILADI

KURASHXONA” SUV INSHOOTINING QUVVATI 100 MING KUB METRGACHA OSHIRILADI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A. Kamalov “Namangan viloyatining ichimlik va oqava suv tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida shaharning asosiy ichimlik suvi manbalaridan biri bo‘lgan “Kurashxona” suv tozalash va uzatish inshootida bo‘ldi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 16,9 million AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha doirasida “Kurashxona” suv inshootini rekonstruksiya qilish ishlari izchil olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 9 ta zamonaviy nasos agregati, sutkasiga 100 ming kub metr quvvatga ega suvni tindirish va filtrlash inshooti, reagent xo‘jaligi, dispetcherlik hamda markaziy laboratoriya binosi barpo etilmoqda.

Shuningdek, 2 ta 5 ming kub metrli va 1 ta 10 ming kub metrli toza suv rezervuari rekonstruksiya qilinmoqda. Loyiha yakunlangach, inshootning suv tozalash quvvati sutkasiga 38 ming kub metrdan 100 ming kub metrgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur ishlar natijasida suvning loyqaligi yuqori bo‘lgan holatlarda ham uni sifatli tozalash imkoniyati kengayib, 600 ming nafargacha aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, loyihada nazarda tutilgan texnik talablarning bajarilishini ta’minlash hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-784-son, 2022-yil 22-iyul, hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida ichimlik suvi ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha ishlarni doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
 

Slide 1 of 6