Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA TA’LIM FIDOYILARI E’TIBORDA

Aholiga va ta’lim muassasalariga munosib sharoit yaratish, kuz-qish mavsumini bexatar hamda betalafot o‘tkazish doimiy deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi M.Urazbayev mutasaddi mas’ullar ishtirokida tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini atroflicha o‘rgandi.

Maktabdagi isitish tizimi va qozonxonalarning texnik sozligi;
Elektr energiyasi va tabiiy gaz (suyultirilgan gaz) ta’minotidagi barqarorlik;
Muassasani ko‘mir hamda muqobil yoqilg‘i zaxirasi bilan yetarli darajada ta’minlanganligi;
Sinf xonalarining issiqlik saqlash imkoniyati va deraza-eshiklarning holati o`rganildi.

Deputat faoliyati va hududdagi amaliy ishlar
M.Urazbayev nafaqat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, balki tumandagi ta’lim sifatini oshirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda saylovchilar murojaatlari bilan ishlashda ham faoliyat yuritib kelmoqda. O‘rganish jarayonida deputat maktab jamoasi va o‘qituvchilar bilan ham muloqot qilib, uning faoliyatida ustuvor bo‘lgan "Ta’limda adolat va teng imkoniyatlar" tamoyili doirasida mavjud muammolarni tingladi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan ba’zi texnik kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4