Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARI YAKUNIY MANZILDA DAVOM ETTIRILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARI YAKUNIY MANZILDA DAVOM ETTIRILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmasining mutasaddi xodimlari ishtirokidagi sessiyaoldi o‘rganishlari davom ettirildi.

🔺 O‘rganishlarning yakuniy manzili Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi Olmazor tumani 10-son “Zavqiy” nomidagi madaniyat markazi bo‘ldi.

🎭 O‘rganish davomida deputatlar markazning bugungi faoliyati, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish holati, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’at va ijodga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🗣 Markaz xodimlari bilan bevosita suhbat tashkil etilib, muassasaning kundalik faoliyati, mavjud shart-sharoitlar, tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar faoliyati hamda yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, xodimlarning faoliyat jarayonida uchrayotgan masalalar, taklif va mulohazalari tinglandi.

📉 O‘rganishda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, turli madaniy va san’at yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Bolalarning qiziqish va iste’dodlarini erta aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda madaniyat markazlarining o‘rni muhim ekani qayd etildi.

📚 Shuningdek, madaniyat markazlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, yoshlar va bolalarni madaniy-ma’rifiy jarayonlarga kengroq jalb etish, milliy madaniyat va san’atimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🗣 Shu bilan Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan sessiyaoldi o‘rganishlarining joylardagi jarayonlari yakunlandi. O‘rganishlar davomida ko‘rib chiqilgan masalalar, aniqlangan holatlar, shuningdek, soha vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tegishli doimiy komissiya tomonidan umumlashtirilib, Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamalariga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8