Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Aholi bilan bevosita muloqot
янв.21
Zamonaviy sport infratuzilmasi — yangi chempionlar uchun imkoniyat
янв.21
🚧 Deputat yo‘lni ta’mirlash haqida qaror bera oladimi?
янв.21
📩 “Do‘stlik” MFYdagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Abduraxmanova Nafisa Alimovna
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti nazorat qilindi
янв.21
Tibbiyot maskanidagi sharoitlar nazorat qilindi
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich
янв.21
Obod makonda obodonlashtirish ishlari nazoratda
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🟡Qabul davomida aholi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmati yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Murojaatlarda ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish ishlarini tizimli tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va belgilangan jadval asosida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilot bo‘yicha tegishli chora ko‘rish qayd etildi.

🟡Shuningdek, fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi ham ko‘tarildi. Ayrim ichki yo‘llarning holati aholi va transport vositalari harakati uchun noqulaylik keltirayotgani, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi bildirildi. Mazkur murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilishi, ichki yo‘llarning holatiga baho berilishi hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish imkoniyatlari tegishli mas’ullar bilan muhokama qilinishi ta’kidlandi.

🟡Qabulda muhokama qilingan yana bir muhim masala – “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chatlar ekish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish orqali yashil maydonlarni kengaytirish va mahallalarning ekologik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

🟡Qabul yakunida har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan ish olib borish, ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1