Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan “Cho‘lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 ta guruhda jami 150 nafar bola tarbiyalanayotgani, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida muassasaning hojatxonasi sanitariya-epidemiologik talablarga to‘liq javob bermasligi, shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun ovqat tayyorlash jarayonini tashkil etishda muhim bo‘lgan yozgi oshxona mavjud emasligi aniqlandi.
Aniqlangan mazkur muammolar deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” daftariga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishi belgilandi.