35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍗 Parranda go‘shti va mahsulotlari rastalari ko‘zdan kechirildi
янв.21
🌾 Bozorda guruch mahsulotlari: zahira va narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Taxiatosh dehqon bozoridagi navbatdagi nazorat tadbiri — tuxum mahsulotlari rastalarida bo‘ldi
янв.21
🥩 Bozorda go‘sht mahsulotlari: talab va ta’minot holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot faoliyati muhokama qilindi
янв.21
📌 Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH OLIB BORDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “3-Olchin” saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan “Cho‘lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inining “Guzar” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, ko‘chaboshi I.Tojiyev bilan muloqot qilinganda, “Guzar” ko‘chasida 50 yil oldin tortilgan ichimlik suvi tarmog‘i hozirda yaroqsiz holaga kelib qolganligi sababli, mazkur ko‘chaning 400 metr ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash shuningdek, ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash kerakligini bildirdi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6