O‘rganish davomida yo‘l qurilishi jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida ichki ko‘cha yo‘llarini sifatli barpo etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.