35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍗 Parranda go‘shti va mahsulotlari rastalari ko‘zdan kechirildi
янв.21
🌾 Bozorda guruch mahsulotlari: zahira va narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Taxiatosh dehqon bozoridagi navbatdagi nazorat tadbiri — tuxum mahsulotlari rastalarida bo‘ldi
янв.21
🥩 Bozorda go‘sht mahsulotlari: talab va ta’minot holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot faoliyati muhokama qilindi
янв.21
📌 Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
117-MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

⚠️ Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan 117-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda kuz-qish mavsumiga hozirligi o‘rganildi.

🔖 O‘rganish davomida maktabning o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida samarali tashkil etish uchun tayyorgarligi, mavjud shart-sharoitlar, moddiy-texnik holati hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, ta’lim muassasasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’limga yo‘naltirilishi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va mavjud kamchiliklarni hal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3