35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

️O‘rganish jarayonida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, notinch oilalar bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
️Shuningdek, qonun ijrosi holatini o‘rganish maqsadida fuqarolar, mahalla faollari va mutasaddi tashkilot vakillari o‘rtasida maxsus savolnomalar o‘tkazildi. Savolnomalar orqali aholi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samaradorligi, profilaktika inspektori faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
profilaktika inspektorining aholi bilan ishlash samaradorligi;
ijtimoiy-ma’naviy muhitning holati;
yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar;
fuqarolarning qonunchilikka oid xabardorlik darajasi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar yig‘ildi.
️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
️Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi tomonidan joylarda qonunlar ijrosini o‘rganish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3