35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Yangi o‘quv yili: maktablarda tayyorgarlik qay darajada?

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov 4-“O‘zbekiston 5 yilligi” saylov okrugidan deputat M.Nematov bilan birgalikda okrug hududidagi “Halaki” mahallasida joylashgan 60-sonli umumta’lim maktabida tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi. Xususan, maktab va sinfxonalarning o‘quv jarayoniga shayligi, ta’mirlash ishlarining sifati, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun isitish tizimining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktabga yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotlarining miqdori va saqlanish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero, ta’lim muassasasining qish mavsumiga tayyorligi nafaqat yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi, balki uning belgilangan talablar asosida saqlanishi va isitish tizimining samarali ishlashi bilan ham bevosita bog‘liq.
Deputatlik o‘rganishlari davomida ta’lim muassasasidagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan masalalarni mas’ullar bilan muhokama qilish va ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlashda asosiy maqsad — o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va munosib ta’lim muhitini ta’minlash, mavsumiy muammolarning oldini olish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashdir.

Slide 1 of 5