35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
BO‘STON MFY — XAVFSIZ VA OSOYISHTA HUDUD

O‘rganish jarayonida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-263-son, 2010-yil 29-sentabrda hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-371-son, 2014-yil 14-mayda qabul qilingan qonunlar talablari asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, shahardagi Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 20-bandi — hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
️O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil qilindi. Mazkur qaror mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni keskin kamaytirish va ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Quvonarlisi, Bo‘ston MFY hududi jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yashil” hudud sifatida qayd etilgan. Bu esa mahalla faollari, profilaktika inspektori, mutasaddi tashkilotlar hamda fuqarolarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari natijasida hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida samarali tizim shakllanganidan dalolat beradi.
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy xavfli oilalar bilan manzilli ishlash hamda profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual profilaktik tadbirlarni olib borishga alohida e’tibor qaratilayotgani ijobiy baholandi.
O‘rganish yakunida Bo‘ston MFYda erishilgan “yashil” hudud ko‘rsatkichini saqlab qolish, mavjud ijobiy tajribani yanada rivojlantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1