35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:
🔺Dastlab deputatlar tomonidan kun tartibidagi Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari – Abduqodirov Abdulla Mamasoatovichning axborotini tingladi.
🔺 Shuningdek Toshkent shahrida 2030-yilga qadar barpo etiladigan gastronomik va turizm, soyali sayr va tun-u kun ishlaydigan ko‘chalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shavkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 26-sessiyasida hisobot berib o‘tdi.
🔺 “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026 yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Dusmuxamedov Alisher Ismatullayevich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
🔺 Toshkent shahrida ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mo‘minov Obidjon Odilovich o‘z hisobotini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.
🔺 Toshkent shahrida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hamda mavjud muammolarining hal etilishida ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 2026-yil II chorakda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultonova Shahnoza Abduvohidovna deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.
🔺 Qonunchilik hujjatlari, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarning bajarilishida 2026-yil I yarim yilligida ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan Toshkent shahar hokimi Devoni rahbarining axboroti to‘g‘risida Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i - Usmonov Saidvali Abdupattoyevich deputatlarga ma’ruza qildi.
🔺Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i – Mirpo‘latov Jahongir Muzaffarovich deputatlarga hisobot berdi.
🔺Toshkent shahrida 2026-yilning II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi hamda 2026-yil I yarim yilligida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – Sultonxo‘jayev Ravshan Erkinovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.
🔺 Toshkent shahrida 2026-yil I yarim yilligida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Alimov Elmurod Erkinovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.
🔺Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ Direktor o‘rinbosari - Ubaydullayev Dilmurod Baxtiyor o‘g‘li o‘z axborotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
🔺 Kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahri mintaqaviy vakilining 2025-yilda inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili - Masharipov Baxtiyor Rahimberganovichning hisoboti yig‘ilish qatnashchilari tomonidan ko‘rib chiqilib atroflicha muhokama qilindi.
🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich tomonidan sessiya qatnashchilariga hisobot berildi.
🔺 Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan 2026-yil II chorak davomida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-2027 o‘quv yili uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. - Raximjonov Jamshid Rafikovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.
🔺Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha ochiq muhokama o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish masalalari hamda olib qo‘yish to‘g‘risida Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri - Gulyamov Zafar Zokirovich deputatlarga ma’ruza qildi.
🔺Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 101-son kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatini qayta tashkil etish to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovich deputatlarga hisobot berdi.
🔺Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i - Rasulov Akmal Asqarovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.
🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarni bekor qilish to‘g‘risida, “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati natijadorligi va Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari samarali foydalanilishi masalalari to‘g‘risida hamda Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitaliga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent invest kompaniya AJ boshqaruv raisi - Shakirov Bahrom Askaraliyevich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.
⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.
📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 10