35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda

Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining 21-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputati, "O'zMTDP" partiyasi a'zosi, kotibiyat mudiri Ravshan Sultanov “Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari”ni yuritish holati bo'yicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan "Xalqobod" mahallasi Qorasuv ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaati, muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.

Mazkur daftar aholi bilan yaqindan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda ro‘yxatga olish hamda tegishli tashkilot va muassasalarga yetkazish maqsadida yuritib kelinmoqda.

O‘rganish davomida:

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar daftarga belgilangan tartibda kiritildi;

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga murojaatlar tayyorlandi;

Murojaatlar ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;

Hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilib borilmoqda.

Yuborilgan murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, tegishli tashkilotga yo'naltirildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 3