35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Kengash faoliyatidan

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov va deputat B.
Jabborovlar Shixmashhad mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining
2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining bajarilishi holatini o‘rgandilar.
 

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyati, aholining murojaatlari bilan
ishlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, hududdagi
ijtimoiy masalalarni hal etishda mahallaning o‘rni hamda jamoatchilik bilan
hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini o‘z
vaqtida aniqlash va ularni qonuniy asosda hal etish, fuqarolarning jamiyat va
davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va
ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan masalalarni
bartaraf etish hamda mahalla faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha
vazifalar belgilab olindi.