35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining deputati M. Artiqova Uyg‘ur mahallasining Saodatli ko‘chasida yashovchi tadbirkor Satiboldiyev Jushqinbek Jumanazarovichning faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan o‘rnatilgan toza ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi moslamaning sanitariya holati, undan foydalanish shartlari hamda aholiga sifatli va xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, ishlab chiqarish jarayonida belgilangan me’yor va standartlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholi uchun sifatli xizmatlar ko‘rsatish hamda fuqarolarning sog‘lom va munosib hayot kechirish sharoitlarini yaxshilash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Aniqlangan masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish va faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1