Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-Umid saylov okrugi hududidagi Ma’rifat mahallasida xorijga chiqib ketgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.
🤝 Suhbat davomida fuqarolarning xorijda bo‘lishi va mehnat faoliyati bilan bog‘liq masalalari, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud ehtiyojlar o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, masalalarni qonuniy asosda hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ-610-son “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolar va ularning yashash joyi bilan bog‘liq ma’lumotlarni hisobga olish masalalari huquqiy jihatdan tartibga solingan.
📌 Shu nuqtayi nazardan, chet elda bo‘lgan fuqarolar bilan muntazam muloqot qilish, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, murojaat va muammolarini aniqlash hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.
💬 Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi ta’kidlandi.
🏡 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✨ Har bir fuqaroning muammosi — e’tiborda, uning huquq va manfaatlari — himoyada!
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati