35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
#munosabat

KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!

Prezidentimizning kecha tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotini kuzatar ekanman, bir jihat meni ayniqsa hayratga soldi: tadbirkorlikni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda!

Bugun tadbirkorning har bir tashabbusi — yangi ish o‘rni, yangi daromad manbai va hudud iqtisodiy salohiyatining oshishi demakdir.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoit yaratish borasida belgilangan vazifalar Kogon shahrida ham tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi sifatida biz uchun bundan buyon eng muhim vazifa — ushbu imkoniyatlarni Kogon shahridagi har bir tadbirkor faoliyatida amaliy natijaga aylantirishdir.

Tadbirkorning muammosi — e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Uning tashabbusi — qo‘llab-quvvatlanishi, qonuniy manfaatlari — himoya qilinishi zarur.

Kogon shahrida tadbirkorlik rivojlansa — yangi ish o‘rinlari ko‘payadi, oilalar daromadi oshadi, shahar iqtisodiyoti yanada mustahkamlanadi!

Bugungi imkoniyatlardan samarali foydalanib, Kogon shahrining iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish — barchamizning umumiy vazifamiz!

J. Do‘stov
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash