Arxiv hujjatlari – milliy boyligimiz
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni mamlakatimizda Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur qonun tarixiy, ilmiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega hujjatlarning butligini saqlash, kelajak avlodlarga yetkazish hamda fuqarolar va tashkilotlarning arxiv hujjatlaridan foydalanish huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunning asosiy maqsadlari:
Milliy arxiv fondi hujjatlarini ishonchli saqlash;
arxiv hujjatlarining butligi va xavfsizligini ta’minlash;
davlat va nodavlat arxivlari faoliyatini tartibga solish;
fuqarolar hamda yuridik shaxslarning arxiv hujjatlaridan foydalanish huquqini kafolatlash;
tarixiy va huquqiy ahamiyatga ega hujjatlarni kelajak avlodlarga yetkazish.
Arxiv hujjatlarini asrash – tariximiz, madaniyatimiz va huquqiy merosimizni asrash demakdir.