35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🍗 Parranda go‘shti va mahsulotlari rastalari ko‘zdan kechirildi
янв.21
🌾 Bozorda guruch mahsulotlari: zahira va narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Taxiatosh dehqon bozoridagi navbatdagi nazorat tadbiri — tuxum mahsulotlari rastalarida bo‘ldi
янв.21
🥩 Bozorda go‘sht mahsulotlari: talab va ta’minot holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot faoliyati muhokama qilindi
янв.21
📌 Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
“TABIIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari Y.Safarov va X.Xazratqulov tomonidan hududda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi suv kanallarining sanitariya-ekologik holati, suv yo‘llarining tozaligi hamda ularga turli chiqindilarning tashlanishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Suv kanallariga maishiy va boshqa turdagi chiqindilarning tushib qolishining oldini olish, suv yo‘llarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chiqindilarni ushlab qoluvchi maxsus panjaralar o‘rnatildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik talablarga rioya etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4