O‘rganish davomida hududda zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, yo‘l yoqasi qismida fuqarolar, ayniqsa piyodalar uchun qulay va xavfsiz 1,2 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi. Shuningdek, hududning tungi vaqtdagi xavfsizligi hamda obodonligini ta’minlash maqsadida 44 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi turmush sharoitini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.