O‘rganish davomida obyektning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda foydalanilayotgani yuzasidan holat o‘rganildi.
Yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirilishi bilan Gulshan mahallasi aholisi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligi yanada oshishi kutilmoqda.
Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda obyektni aholi uchun munosib sharoitlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.