35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
янв.21
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: BOLALAR MAYDONCHASI VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: "OBOD MAKON" MAHALLASI BINOSINING QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI MASALALAR — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Yangi investitsiya loyihasi — aholiga qulaylik yaratish sari
янв.21
📌 Tashabbus — yangi tadbirkorlik imkoniyatiga aylanmoqda
янв.21
Investitsiya va tadbirkorlik ishlari — joyida o‘rganiladi
янв.21
❓ Oliy Majlis deputati va mahalliy Kengash deputati — farqi nimada?
Fuqarolar murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Farobiy ko‘chasi 25-uyda yashovchi fuqaro Hamroliyev Abdullajon tomonidan vasiylik orqali bola asrab olish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, mazkur masala Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov nazoratiga olindi.

Murojaatni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, fuqaroga zarur tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi Isaqova Odinaxonga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalarga amaliy yechim topish Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2