“Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yashnobod tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish hasharlari tashkil etilmoqda.
🌿 Jumladan, “Jo‘rabek” mahallasida o‘tkazilgan hashar davomida hududlar tozalanib, daraxtlar tartibga keltirildi hamda rayhon va gul ko‘chatlari ekildi.
🧹 Shuningdek, ko‘chalar, bolalar va sport maydonchalari atrofi obodonlashtirilib, mahalla hududining yanada fayzli va ko‘rkam qiyofaga keltirilishiga e’tibor qaratildi.
🤝 Hasharda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, deputatlar, yoshlar hamda fuqarolar faol ishtirok etib, hududni obod va ozoda saqlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.