35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Gaza mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi

Gaza mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Boysun tumani Gaza mahallasi Algoritim ko‘chasida yashovchi fuqaro Hamroqeva Gulnozaning yashash xonadoni tom qismiga elektr simlari tegib qolganligi va bu holat xavfsizlik nuqtayi nazaridan xavf tug‘dirayotganligi haqidagi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida xonadon joylashuvi va elektr simlarining holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammo fuqaroning hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan zudlik bilan bartaraf etilishi lozimligi aniqlandi.

✅ Murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar bilan birgalikda holat muhokama qilinib, elektr simlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida simyog‘ochni boshqa, xavfsiz joyga ko‘chirish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Mazkur muammoni mas’ul tashkilotlar tomonidan qisqa muddatlarda bartaraf etish, fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlariga o‘z vaqtida va amaliy yechim topish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

✅ Fuqaroning murojaati ijrosi nazoratga olinib, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi kuzatib boriladi.

Slide 1 of 4