35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi



🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDPdan 25-Amir Temur saylov okrugidan saylangan deputat A. Arslanovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida 2026-yil boshidan bugungi kunga qadar 36 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgani, ayni paytda ulardan 22 nafari reyestrda qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Shundan 11 nafari “sariq” toifa, 7 nafari “yashil” toifaga mansub fuqarolarni tashkil etadi.

💳 Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgani, yana 2 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi.

🤝 O‘rganish jarayonida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholining farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️ Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandlikka yo‘naltirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3