35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌳 HUDUDNING TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

🌳 HUDUDNING TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna tomonidan 6-«Yangiarik» saylov okrugidagi «Janubiy» mahallasida, xususan, 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti atrofi hududining sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi daraxtlarning holati, quruq shoxlarni tozalash, yashil hududlarni sug‘orish hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

🌿 Ayrim daraxtlarning egilib qolganligi, quruq shoxlar mavjudligi, hududda chiqindilar to‘planib qolgani va daraxtlarni muntazam sug‘orish zarurligi qayd etildi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6