MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi raisi, deputat X. Xojixonov hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida “Dahbed” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar natijalari, “mahalla yettiligi” faoliyati hamda “Dolzarb 40 kun” dasturi doirasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.