35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
#deputat_soʻrovi
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi: sport maydonchalari qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi — amalda
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik — bandlik va daromad manbai
янв.21
Deputatlik nazorati nima? 🤔 Ko‘pchilikda “deputatlik nazorati” degan tushuncha eshitiladi, lekin u aniq nima ekani har doim ham to‘liq tushunarli bo‘lmasligi mumkin.
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yo‘l asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida olib borilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandi. 🚧 O‘rganish jarayonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan texnologik talablarga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. 🔍 Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. 📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib boriladi.
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan 10-Do‘stlik saylov okrugi hududida aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.
Jumladan, Turkiston mahallasi ko‘cha boshisi Rajabboy aka bilan birgalikda tuman markazidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti, kundalik muammolari va murojaatlari o‘rganildi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mahalla hududining obodonligi va sanitariya holatini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki yo‘laklar va umumiy foydalanish hududlarini tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 6