35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya qanday masalalarni ko‘rib chiqadi?
янв.21
KREATIV PARK — BIZNES BOSHLASH UCHUN YANGI IMKONIYAT!
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot: huquq, salomatlik va faollik
янв.21
Yo‘l masalasi — aholi va o‘quvchilar xavfsizligi masalasi
янв.21
Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish holati nazorat qilindi
янв.21
📍 “Jayxun” MFYda muammolar va takliflar o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Davlat xizmatlari markazida xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
📌 Investitsiya loyihasi va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Deputat so‘rovi yuborildi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Pulatov tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asosan «Beshbola» mahallasida jamoat xavfsizligini kuchaytirish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

❗️Deputat so‘rovi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Yashnobod tumani bo‘limi hamda Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yo‘llanib, unda mahallada aholi gavjum hududlar, ijtimoiy ob’yektlar atrofi va qonunbuzilish holatlari kuzatiladigan joylarga zamonaviy Face ID videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, moliyalashtirish manbalarini belgilash va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish taklif etildi.

✅Shuningdek, murojaatda mazkur masala yuzasidan ko‘rilgan choralar va qabul qilingan qarorlar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 1