HAFTALIK DAYJEST:
Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:
📌 Yangi o‘quv yili oldidan deputatlik nazorati
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
👥 Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
🏘 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi U. Alimov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov ishtirokida Boyqishloq mahallasining Dehqonobod qishlog‘iga tashrif amalga oshirildi.
📌 Tashrif davomida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Har bir masala joyida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi mustahkamlanmoqda
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sherobod tuman bo‘linmasiga tashrif buyurildi.
📍 Tashrif davomida deputat va tashkilot vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan masalalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌿 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin–Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amaliy ishlar olib borildi.
📍 Jumladan, Hakimobod mahallasi hududida obodonlashtirish, hududlarni ozoda saqlash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish hamda mahalla qiyofasini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
🤝TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMIGA TASHRIF BUYURILDI
📍 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tashrif buyurdi
👥 Tashrif davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi
🏥 Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-"Mehnatobod" saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasida joylashgan 83-son oilaviy poliklinikasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Sherobod tumani Kengashida deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalari muhokama qilindi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov rahbarligida Kengash deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
📖 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari” talablari, ularning deputatlik faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati hamda mazkur qoidalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube